date

Simeone Grizmannning kelajagi haqidagi savollardan qochdi

Simeone Grizmannning kelajagi haqidagi savollardan qochdi

OAVda mart oyida hujumchi Antuan Grizmann yaqin kunlarda «Atletiko» bilan xayrlashib, MLSdagi «Orlando Siti»ga yo‘l olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. MLSda transfer oynasi hali yopilmagani bois bunday kelishuv nazariy jihatdan amalga oshishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Juma kungi matbuot anjumanida «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone bu mavzuni muhokama qilishdan bosh tortdi.

«Grizmann ketadimi? Bu haqda gapni davom ettirishni istamayman. Biz butun e’tiborimizni ertangi o‘yinga qaratganmiz», — dedi Simeone.

Qishning so‘nggi oqshomida «Atletiko» Ispaniya chempionatida safarda «Real Ovyedo»ga qarshi maydonga tushadi. «Matraschilar» hozir La Liga jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Simeone Grizmannning kelajagi haqidagi savollardan qochdi