date

Jikiya nega o‘ynamagani agenti tomonidan izohlandi

Jikiya nega o‘ynamagani agenti tomonidan izohlandi

“Antalyaspor” himoyachisi Georgiy Jikiyaning Turkiyadagi vakili Malik Arutyunov rossiyalik futbolchining so‘nggi o‘yinlarda maydonga tushmagani sababini jarohat bilan bog‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Jikiya shikastdan to‘liq tiklangan va jamoaga yangi tayinlangan bosh murabbiy ham uni asosiy tarkibda ko‘rishni istamoqda.

“O‘ylaymanki, Jikiya “Fenerbahche”ga qarshi uchrashuvda start tarkibida maydonga tushadi. Klubda allaqachon uchinchi murabbiy, har birining o‘z qarashi bor. Uning o‘ynamagani jarohat bilan bog‘liq edi”, — deya Arutyunovning so‘zlarini “Chempionat” keltiradi.

2025/2026 yilgi mavsumda Jikiya Turkiya chempionati va Kubogida jami 13 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya nega o‘ynamagani agenti tomonidan izohlandi