date

Bojan Krkich Chempionlar ligasidagi raqibni kuchli deb baholadi

Bojan Krkich Chempionlar ligasidagi raqibni kuchli deb baholadi

“Barselona”ning sobiq hujumchisi, hozirda klubning sport bo'limida faoliyat yuritayotgan Bojan Krkich Chempionlar ligasi qurasi haqida fikr bildirdi. 1/8 finalda kataloniyaliklar “Nyukasl”ga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Krichning ta'kidlashicha, jamoa avvalo o'z o'yiniga e'tibor qaratishi kerak. “Nyukasl”ni u kuchli raqib sifatida tilga oldi va “Barselona” bu jamoa bilan joriy mavsumda allaqachon to'qnash kelganini eslatdi. Uningcha, uchrashuvga to'g'ri holatda kelish muhim, biroq hozir asosiy e'tibor La Liga hamda Ispaniya kubogidagi navbatdagi bahslarga qaratilgan.

“Futbolda eng muhim o'yin — keyingisi. Futbolchilarimiz juda qattiq ishlayapti, kayfiyatimiz yaxshi”, — dedi Krkich UEFA matbuot xizmatiga.

“Nyukasl” va “Barselona” o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 10 mart kuni Angliyada bo'lib o'tadi. Javob bahsi 18 mart kuni “Kamp Nou”da o'ynaladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bojan Krkich Chempionlar ligasidagi raqibni kuchli deb baholadi