date

PSJ prezidenti Vitinyani Realga sotmaslikka qat’iy qaror qildi

PSJ prezidenti Vitinyani Realga sotmaslikka qat’iy qaror qildi

PSJ yarim himoyachisi Vitinya Madridning Real klubi uchun asosiy transfer nishonlaridan biri sifatida tilga olinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

26 yoshli portugaliyalik futbolchi “qirolicha klub”ga ko‘chib o‘tish g‘oyasiga ijobiy qarayotgani aytiladi, biroq parijliklar uni qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. The Touchline xabariga ko‘ra, PSJ prezidenti Nasser Al-Xelayfi Vitinyani Realga sotishni istamayapti — ayniqsa Kilian Mbappe bilan bog‘liq voqealardan keyin.

Manbaga ko‘ra, Al-Xelayfi “qaymoqranglilar”ni kuchaytirib qo‘ymaslik uchun bor imkoniyatini ishga soladi. PSJning yana bir yulduzi madridliklar safiga o‘tishi sport va ramziy ma’noda Parij klubi uchun yutqazish sifatida qabul qilinishi mumkin.

Transfermarkt portali Vitinyaning bozor qiymatini 110 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ prezidenti Vitinyani Realga sotmaslikka qat’iy qaror qildi