date

Maldini Barselona himoyachisiga avtografli futbolka yubordi

Maldini Barselona himoyachisiga avtografli futbolka yubordi

“Barselona” himoyachisi Jerar Martin tug‘ilgan kuni munosabati bilan Paolo Maldinidan qimmatli sovg‘a oldi. Italiya futboli afsonasi unga “Milan” libosini o‘z avtografi va shaxsiy tabrigi bilan jo‘natdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Maldinining yozuvida Jerarga tug‘ilgan kuni bilan tabrik, shuningdek, faoliyatida omad va muvaffaqiyat tilaklari bitilgan.

Bu sovg‘a bejiz tanlanmadi: jamoada hamkasblari Martinni “Jerar Maldini” deb atashadi. Bu laqab tezda ommalashib, memga ham aylanib ulgurgan.

Jerar Martin chap qanot himoyachisi bo‘lsa-da, markaziy himoyada ham o‘zini yaxshi ko‘rsatgan. Paolo Maldini ham faoliyati davomida aynan shu ikki pozitsiyada o‘ynab, yuqori darajada ishonchli harakat qilgani bilan tanilgan.

26 fevral kuni “Barsa” futbolchisi 24 yoshga to‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maldini Barselona himoyachisiga avtografli futbolka yubordi