Slutskij boshqaruvidagi Shanxay ACLda Buriramga yutqazdi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs Leonid Slutskij jamoasi uchun musobaqani g'alaba bilan yakunlashga so'nggi urinish edi, biroq bu reja ish bermadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. "Buriram" birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol urdi. Ko'p o'tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchiga kam bo'lib qolgani intriga so'nishiga sabab bo'ldi.
Qayd etish joiz, Leonid Slutskij "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomaga ega va u 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing