Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs jamoa uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi imkoniyat sifatida ko'rilgandi, biroq buni uddalashmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Buriram Yunayted" birinchi bo'limning avvalidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etdi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Tez orada "Shanxay Shenxua" bir futbolchisidan ayrilib, kamchilikda qolib ketdi va bu o'yindagi intriga deyarli yo'qoldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing