Andronov Dortmunddagi derbida Bavariya g‘alaba qozonishini aytdi

Bundesliganing navbatdagi turida Dortmundning «Borussiya»si o‘z maydonida Myunxenning «Bavariya»sini qabul qiladi. Ushbu markaziy to‘qnashuv oldidan futbol sharhlovchisi Aleksey Andronov o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Andronovning ta’kidlashicha, uchrashuvda «Bavariya» favorit hisoblanadi. Uning fikricha, «Borussiya» avvalo ichki muammolarini tartibga keltirishi kerak, ustiga ustak, Ryuerson ham o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Sharhlovchi tikish sifatida «Bavariya»ning g‘alabasini tanladi.
«Borussiya» — «Bavariya» bahsi bugun, 28 fevral kuni Dortmund stadionida bo‘lib o‘tadi va 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O‘yin arafasida mezbonlar turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda, mehmonlar esa peshqadam.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!