Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo‘lganini aytdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan birinchi marta qayerda va qanday tanishganini esladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuv televideniyedagi “La noche del 10” ko‘rsatuvi vaqtida bo‘lib o‘tgan va Messi dasturga aynan Maradonaning taklifi bilan borgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messi taklifni olgach, rad eta olmaganini ta’kidladi. U studiyaga yaqinlari — otasi, amakisi va amakivachchalari bilan birga borgan, ularning barchasi Maradona bilan yuzma-yuz ko‘rishish imkoniga ega bo‘lgan. Futbolchi bu lahzani unutilmas voqea sifatida eslab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Diego Armando Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing