Mali murabbiyi Rossiyaga qarshi kuchli tarkibni istamoqda

Mali terma jamoasi bosh murabbiyi Tom Sainfyet Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida imkon qadar eng kuchli tarkibda maydonga tushishni xohlayotganini aytdi. BetBoom doirasidagi o‘yin 31 mart kuni Sankt-Peterburgdagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sainfyetning ta’kidlashicha, hamma futbolchilar safda bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha noma’lum, biroq u Afrika millatlar kubogida maydonga tushgan tarkibga yaqin jamoani olib kelishni rejalashtirmoqda. Murabbiy Ivv Bissuma, El-Bilal Ture, Nene Dorgeles, Kamori Dumbia, Lassine Sinayoko va Natan Gassama kabi futbolchilarni tilga oldi.
Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi FIFA reytingida 36-o‘rinda, Mali esa 54-pog‘onada joylashgan. Ushbu jamoalar avval hech qachon o‘zaro to‘qnash kelmagan. Mart oyida rossiyaliklar Mali bilan birga Nikaragua terma jamoasiga qarshi ham maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!