Futbolda vaqt choʻzishga qarshi yangi qoidalar joriy etiladi

2026/2027 mavsumidan boshlab futbol qoidalariga vaqtni ataylab choʻzishni kamaytirishga qaratilgan oʻzgarishlar kiritiladi. BBC xabariga ko'ra, bunday holatlar qayd etilsa, toʻp raqib jamoaga beriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agar vaqt choʻzish darvozabonning darvozadan toʻp tepishi paytida aniqlansa, qarama-qarshi jamoa burchak toʻpi tepish huquqini qoʻlga kiritadi.
Yana bir yangilik — almashtirish vaqtida futbolchiga maydonni tark etish uchun 10 soniya beriladi. Agar u belgilangan muddatda chiqib ketmasa, zaxiradan tushayotgan futbolchi oʻyinga 60 soniya kechroq qoʻshiladi, natijada jamoa bir daqiqa davomida bir oʻyinchiga kam bo'lib qoladi.
Avvalroq futbolga yaqin vaqt ichida «Vinisius qoidasi» ham kiritilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!