Aleksandr Golovin Monako safida navbatdagi assistni qayd etdi

Rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin «Monako» safida Fransiya chempionatining 24-turida «Anje»ga qarshi uchrashuvda samarali harakat qildi. Bahs 2:0 hisobida monakoliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yinning 57-daqiqasida Golovinning zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi, biroq hujum davom etdi va Balogun gol urib, hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o'tib, Golovin assist muallifiga aylandi: u jarima maydoni burchagi tomonga Simon Adingraga uzatma berdi, Adingra esa markazga siljib, aniq aylanma zarba bilan to'pni darvozaga joyladi.
Qayd etish joiz, Golovin «Monako»dagi faoliyatida ilk bor barcha musobaqalarda ketma-ket uch o'yinda golga uzatma berdi. Klub chempionatda 37 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!