Inter Jenoaga qarshi uchrashuvda muammosiz g'alaba qozondi

Qishning so'nggi oqshomida Milanning “San-Siro” stadionida “Inter” “Jenoa”ni qabul qildi va g'alabali seriyasini davom ettirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning birinchi bo'limi o'rtalarida Genrix Mxitaryan to'pni ilib ketib, jarima maydoni chizig'i tomon uzatma berdi. Anj-Yoan Bonni o'ng burchakka zarba yo'lladi, biroq darvozabon sakrab to'pni burchak zarbasiga chiqarib yubordi. Oradan ko'p o'tmay Mxitaryan markazdan yorib kirib, jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi — to'p himoyachiga tegib, to'singa ham ilindi va yana kornarga chiqdi.
Keyinroq Nikolo Barella o'ng qanotdan jarima maydoniga aniq uzatma oshirdi, Bonni bosh bilan chap burchakni nishonga oldi, ammo darvozabon murakkab to'pni qaytardi. 31-daqiqada esa Federico Dimarko Mxitaryan bilan devorcha o'ynab, jarima maydonida bir teginishda uzoq burchakka yo'lladi — 1:0.
Ikkinchi bo'limda “Inter” ustunligini mustahkamladi: 70-daqiqada Hakan Chalhanog'lu penaltidan o'ng burchakni aniq nishonga oldi, darvozabon esa boshqa tomonga sakradi — 2:0. “Jenoa” ham standart vaziyatlarda imkoniyat izlab ko'rdi: Aaron Karikol jarima zarbasidan oshirgan to'pga Mikael-Egil Ellertsson bosh bilan zarba berdi, biroq to'p ustun yonidan o'tib ketdi. Yakuniy daqiqalarda Jeff Exator jarima maydoniga past uzatma berganida, Manuel Akandji to'pni o'z darvozasiga kesib yuboray dedi, ammo darvozabon to'g'ri pozitsiya tanlab, vaziyatni nazorat qildi.
Bu g'alabadan keyin “Inter” turnir jadvalida ikkinchi o'rindagi “Milan”dan 13 ochkoga uzoqlashdi. “Jenoa” esa 14-o'rin atrofida qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!