date

PSJ Gavrni yengdi, ammo to'rtta o'yinchi omadsiz chiqdi

PSJ Gavrni yengdi, ammo to'rtta o'yinchi omadsiz chiqdi

Luis Enrike boshqaruvidagi «PSJ» «Gavr» maydonida 0:1 hisobida g'alaba qozonib, «Lens»dan ochkolar farqini to'rttaga yetkazdi. Natija ijobiy bo'lsa-da, parijliklar o'yini ishonchli ko'rinmadi. Eng quvonarli jihatlardan biri — darvozabon Matvey Safonov uchrashuvning eng yaxshilaridan bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rossiyalik posbon «quruq» o'yin o'tkazdi, ikki marta seyv qildi, jarima maydonida dadil harakatlandi va himoyadagi xatolarni ko'p bor yopdi. Biroq g'alabaga qaramay, «PSJ» tarkibida ko'ngildagidek o'ynay olmagan futbolchilar ham yetarlicha topildi.

Quyida «Gavr»ga qarshi bahsda parijliklar safida eng sust ko'ringan to'rtta futbolchi haqida qisqa xulosa. Baholar 10 ballik tizim asosida, subyektiv tarzda berildi.

Hvvicha Kvaratsxeliya — 3,0. Gruziyalik hujumchi uchun bu uchrashuv muvaffaqiyatsiz o'tdi. Muammo raqib himoyasining qattiqligida emas, aynan Hvvichaning o'zi imkoniyatlarni keskin tarzda boy berdi. Besh metrdan deyarli xalal bermay zarba berganida to'p ustunga tegdi, shunga o'xshash yana bir vaziyatda esa darvozani nishonga ololmadi. Natijada golsiz qoldi va ilk bo'lib almashtirilganlardan biri bo'ldi.

Vilyan Pacho — 3,0. Ekvadorlik himoyachi xatolarni davom ettirmoqda: «Monako»ga qarshi o'yinda ham Safonovni noqulay holatda qoldirgandi, bu safar esa «Gavr»ning yagona jiddiy vaziyatida Sumareni nazoratdan chiqarib yubordi. Havo kurashlarida ham ishonchsiz ko'rindi — uchta duelning ikkitasida yutqazdi, bir bor qo'pollik ham qildi. Pozitsion hujumlarda to'pni oldinga siljitish borasida deyarli foyda bermadi.

Dro Fernandes — 3,0. Luis Enrike yosh yarim himoyachiga katta ishonch bildirmoqda, biroq bu uchrashuvda Dro navbatdagi imkoniyatdan to'liq foydalana olmadi. U faqat ofsayddan keyingi epizodda aniq zarba bera oldi, xolos. To'g'ri holatlarda esa ko'proq kurashda (6 marta) va driblingda (3 marta) to'p yo'qotdi, zarbalar va keskinlashuvlar deyarli bo'lmadi.

Dezire Due — 3,0. Tezkorligi va yengil harakati bilan ajralib turadigan futbolchi bu gal ham ko'p narsani o'z zimmasiga olishga urinib, jamoaga zarur bo'lgan soddalikni yo'qotdi. O'zi ishlab olgan penaltini pishiq-puxta bajarolmadi va imkoniyatni sovurdi. Yarim soat ichida diqqat markazida bo'ldi, ammo uchta zarbasi ham golga aylanmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Gavrni yengdi, ammo to'rtta o'yinchi omadsiz chiqdi