date

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi

Argentina hujumchisi Lionel Messi afsonaviy Diego Armando Maradona bilan ilk bor qachon va qanday tanishganini gapirib berdi. Uning aytishicha, bu uchrashuv televideniyedagi «La noche del 10» dasturi orqali yuz bergan va Messini aynan Maradonaning o'zi taklif qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messining so'zlariga ko'ra, u taklifni olgach, rad etmasdan dasturga borgan. U bilan birga otasi, amakisi va amakivachchalari ham kelgan, ular ham Maradona bilan ko'rishib, tanishish imkoniga ega bo'lishgan. Messi bu voqeani unutilmas lahza sifatida ta'riflagan.

Eslatib o'tamiz, Diego Armando Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi