Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavka uchun qamoq kutmoqda

Turkiyaning «Galatasaray» va «Fenerbahche» klublarida to‘p suradigan ikki futbolchi stavkalar bilan bog‘liq mojaroda jinoiy javobgarlikka tortilishi va hatto qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap «Galatasaray» futbolchisi Metehan Baltaji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Ularning ishida ayblovlar tasdiqlansa, Baltajiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.
Sabah nashri xabariga ko‘ra, Baltaji kamida ikki marta «Galatasaray» ishtirokidagi uchrashuvlarga pul tikkan. U o‘sha o‘yinlarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq jamoa qaydnomasidan o‘rin olgani sababli natijaga ma’lum darajada ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgani qayd etilmoqda.
Amaldagi turk qonunchiligiga ko‘ra, professional sportchi stavka qilayotganda o‘z maqomini bukmekerlarga ma’lum qilishi shart, biroq Baltaji buni bajarmagani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!