Eron terma jamoasi JCH-2026dan chiqib ketishi mumkin

JCH-2026 yo'llanmasini muddatidan avval hal qilgan Eron terma jamoasi musobaqada ishtirok etishdan voz kechishi ehtimoli bor. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Teleefirda chiqish qilgan Toj AQSh va Isroil ishtirokidagi keskinlashgan vaziyat fonida jahon chempionatiga umid bilan qarash qiyinligini ta'kidladi. Uning aytishicha, yakuniy qaror sport rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun, Eron guruh bosqichidagi uchta o'yinni AQShda o‘tkazishi kerak: Yangi Zelandiya, Belgiya va Misrga qarshi. Bundan tashqari, 1/16 finalda eronliklarning AQSh bilan to‘qnash kelish ehtimoli ham borligi qayd etilmoqda, bu esa FIFA uchun qo‘shimcha boshog‘riq keltirishi mumkin.
Shuningdek, Eronda milliy chempionat noma'lum muddatga to‘xtatilgan. Bir qator legionerlar mamlakatni tark etgan yoki ketishga urinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!