Futbolda vaqt choʻzishga qarshi yangi qoidalar joriy etiladi

2026/2027 yilgi mavsumdan boshlab futbol qoidalariga vaqtni ataylab choʻzishga qarshi yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar kiritiladi. BBC xabariga koʻra, vaqt choʻzish holati aniqlansa, toʻp raqib jamoaga beriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agar vaqt choʻzish darvozabonning darvoza zarbasi (udar ot vorot) vaqtida qayd etilsa, qarama-qarshi jamoa burchak toʻpi tepish huquqini qoʻlga kiritadi.
Yana bir muhim yangilik: almashtirish paytida futbolchiga maydonni tark etish uchun 10 soniya beriladi. Agar u bu muddatga ulgurmasa, maydonga tushayotgan futbolchi 60 soniyadan keyin o'yinga kiradi va jamoa bir daqiqa davomida bir kishi kam boʻlib qoladi.
Shuningdek, avvalroq futbolga yaqin orada “Vinisius qoidasi” ham kiritilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!