Gallardo ko'z yosh to'kdi Hech kim River Pleytdan ketmaydi

Marcelo Gallardo murabbiy sifatidagi so'nggi uchrashuvini "Banfield"ga qarshi o'yinda o'tkazdi. Bahsda "River" 3:1 hisobida g'alaba qozonib, ketma-ket uch mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyaga yakun yasadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Aynan shu yomon natijalar Gallardoning lavozimini tark etishiga sabab bo'lgani aytilmoqda, biroq klub unga chiroyli xayrlashish imkonini berdi. O'yindan keyingi manzara esa juda ta'sirli bo'ldi.
Murabbiy ko'z yoshlarini yashirmagan holda muxlislarga murojaat qildi: «Hammangizga shunchaki rahmat. Sizning muhabbatingizni so'z bilan ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayapman. "River"dan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli joy: ketsang ham, baribir klub bilan qolasan», — dedi Gallardo.
Eslatib o'tamiz, Marcelo Gallardo 90-yillarda "River Pleyt" safida to'p surgan va Argentina terma jamoasida ham o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!