Allegri Milandagi kelajagi haqidagi gap-sozlarga javob berdi

“Milan” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri uning klubdan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
58 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Shunga qaramay, so'nggi paytlarda matbuotda u joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi ehtimoli borligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Allegri bu gaplarni qat'iyan rad etdi.
“Milan”da to'liq uyg'unlik bor. Biz bir yo'nalishda ishlayapmiz, hammasini birgalikda qilayapmiz. Klub kelajak uchun allaqachon rejalar tuzmoqda. Men bu yerda ishlashdan xursandman”, — deb Allegri so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.
Bugun “rossoneri” A Seriyada safarda “Kremoneze”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 16:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!