date

Ronalduning jarohati haqida yangi ma'lumotlar tarqaldi

Ronalduning jarohati haqida yangi ma'lumotlar tarqaldi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu shanba kuni «Al-Feyha»ga qarshi o'yinda jarohat sabab maydonni erta tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi. 41 yoshli portugaliyalik yulduz bu safar gol ura olmadi va 11-daqiqada penaltidan ham foydalana bilmadi. Bahs yakuniga yaqin esa murabbiylar shtabi uni majburan almashtirdi.

Al Nassr Zone manbasining saudiyalik OAVga tayanib xabar berishicha, Ronalduda son orqa mushagi (hamstring) shikastlangan. Agar oddiy cho'zilish bo'lsa, tiklanish 3–5 kunni olishi mumkin. Eng yomon holatda mushakda uzilish aniqlansa, futbolchi ikki hafta yoki undan ko'proq muddat maydonga tusha olmasligi ehtimoli bor.

Joriy Saudiya Arabistoni chempionati mavsumida Ronaldu 22 o'yinda 21 ta gol muallifi bo'lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning jarohati haqida yangi ma'lumotlar tarqaldi