Ronaldu jarohati bo'yicha dastlabki ma'lumotlar ma'lum bo'ldi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu shanba kuni «Al-Feyha»ga qarshi o'yinda jarohat sababli majburan almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv Jorje Jezush jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. 41 yoshli forvard bu safar gol ura olmadi, 11-daqiqada esa penaltini ham aniq ijro eta olmadi. O'yin yakuniga yaqin Ronaldu maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Al Nassr Zone Saudiya OAVga tayanib xabar berishicha, Ronaldu son orqa payi (hamstring) sohasidan shikast olgan. Agar gap oddiy cho'zilish haqida bo'lsa, tiklanish 3-5 kun davom etadi. Eng yomon holatda mushak yorilishi aniqlansa, futbolchi ikki hafta yoki undan ko'proq muddatni o'tkazib yuborishi mumkin.
Joriy Saudiya Arabistoni chempionati mavsumida Ronaldu 22 uchrashuvda 21 ta gol urishga ulgurgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!