OFK BAA va Qatardagi Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini ko'chirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) mintaqaviy Chempionlar Ligasi doirasidagi bir qator uchrashuvlar boshqa muddatga qoldirilganini ma'lum qildi. Bahslar Abu-Dabi, Dubay va Dohada o'tkazilishi kerak edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qarorga Eron, AQSh va Isroil o'rtasidagi harbiy keskinlik sabab bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, Eron tomonidan uchirilayotgan snaryadlar AQSh harbiy bazalari joylashgan qo'shni mamlakatlar hududiga ham yetib bormoqda.
OFK bayonotida konfederatsiya vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etishi hamda futbolchilar, jamoalar, rasmiylar va muxlislar xavfsizligini ta'minlash masalasida qat'iy pozitsiyada ekani ta'kidlandi.
Uchrashuvlar 2 va 3 mart kunlari o'tkazilishi belgilangan edi. O'yinlarning yangi sanasi yoki o'tkaziladigan joyi hozircha e'lon qilinmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!