date

Ronaldu jarohati haqida yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi

Ronaldu jarohati haqida yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu shanba kuni «Al-Feyha»ga qarshi o'yinda majburan almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv Jorje Jezush jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. 41 yoshli forvard bu safar gol ura olmadi, 11-daqiqada esa penaltidan ham foydalana olmadi. O'yin yakuniga yaqin yulduz futbolchini maydondan olishga to'g'ri keldi.

Al Nassr Zone saudiyalik OAVga tayanib xabar berishicha, Ronaldu son orqa payini shikastlagan. Agar oddiy cho'zilish bo'lsa, tiklanish 3–5 kun davom etadi. Mushak uzilishi aniqlansa, futbolchi ikki hafta yoki undan ham ko'proq muddatga safdan chiqishi mumkin.

Joriy Saudiya Arabistoni chempionati mavsumida Ronaldu 22 o'yinda 21 ta gol urgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu jarohati haqida yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi