RFS Rossiya ayollar terma jamoasi rejasi o'zgarmaganini bildirdi

BAAda xalqaro musobaqada qatnashayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining dastlabki rejalari Yaqin Sharqdagi murakkab siyosiy vaziyatga qaramay o'zgarishsiz qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rossiya futbol ittifoqi (RFS) ma'lumotiga ko'ra, jamoa Pink Ladies Cup doirasidagi qolgan ikki uchrashuvga odatdagi tartibda tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
RFS matbuot xizmati «Match TV»ga bergan izohida, mashg'ulotlar reja bo'yicha ketayotgani, bugun tayyorgarlik ishlari, ertaga o'yinoldi mashg'uloti o'tkazilishi, 3 mart kuni esa navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tishi, hozircha taqvimga o'zgartirish kiritilmagani aytildi.
Eslatib o'tamiz, rossiyalik futbolchilar turnirdagi ilk bahsda Tanzaniyani 4:1 hisobida yirik mag'lub etgan. 3 mart kuni Rossiya Gana bilan, 6 martda esa Gonkongga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!