Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat nihoyatda kuchli dedi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi raqobat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Shaharliklar” 1/8 final bosqichida yana Madridning “Real” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida turnirning qanchalik murakkab ekanini ta’kidladi: “Chempionlar ligasi juda qiyin. Istalgan jamoani ayting — har birining o‘z kuchli tomoni bor. Bu musobaqada uzoqqa borishni istasangiz, eng kuchlilarni yutishingiz kerak. Aks holda, bunga shunchaki loyiq bo‘lmaysiz”, dedi u.
O‘tgan mavsumda “Manchester Siti” aynan “Real”ga yutqazib, eng nufuzli Yevropa kubogi bilan erta xayrlashgandi — pley-offning saralash bosqichidayoq. Joriy mavsumda esa jamoalar umumiy bosqichda to‘qnash kelib, o‘shanda ingliz grandi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!