date

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlarini BAA va Qatarda ko'chirdi

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlarini BAA va Qatarda ko'chirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Abu-Dabi, Dubay va Dohada o‘tkazilishi belgilangan mintaqaviy Chempionlar Ligasi uchrashuvlari boshqa muddatga qoldirilganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qarorga Eron, AQSh va Isroil o‘rtasidagi qurolli keskinlik sabab bo‘ldi. OFK ma’lumotiga ko‘ra, Eron tomonidan uchirilgan snaryadlar AQSh harbiy bazalari joylashgan qo‘shni hududlarga ham yetib bormoqda.

«OFK vaziyatning keskin o‘zgarishini diqqat bilan kuzatishda davom etadi va barcha futbolchilar, jamoalar, rasmiylar hamda muxlislar xavfsizligini ta’minlash masalasida qat’iy pozitsiyada qoladi», — deyiladi konfederatsiya bayonotida.

Bahslar 2 va 3 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Hozircha o‘yinlarning yangi sanasi yoki o‘tkaziladigan manzili e’lon qilinmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » OFK Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlarini BAA va Qatarda ko'chirdi