Ronaldu transfer kafolatlaridan keyin Al-Nasrda qoladi

Krishtianu Ronaldu yaqinda «Al-Nasr»ning bir nechta o‘yinlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidan noroziligini bildirib kelgandi. Shu fon ortidan portugaliyalik yulduz yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar ham ko‘paydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq 365Scores xabariga ko‘ra, Ronaldu shartnomasi yakunigacha «Al-Nasr» safida qolish qarorini qabul qilgan. Hujumchi kelishuv 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qilishini inobatga olib, Saudiya investitsiya fondi vakillaridan top darajadagi futbolchilar transferi bo‘yicha aniq kafolatlar olgan.
Hozir «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Al-Ahli» ikki ochko ortda, uchinchi «Al-Hilol» esa uch ochko kam to‘plagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!