Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua ACLda yutqazib xayrlashdi

“Shanxay Shenhxua” Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatni boy berdi. 8-turda “Buriram Yunayted”ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan “eshikni qarsillatib yopish” imkoniyati edi, biroq bu rejani amalga oshirib bo‘lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahsda Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Buriram Yunayted” ilk taymning boshidayoq ketma-ket ikkita gol urib, o‘yin taqdirini hal qildi. Oradan ko‘p o‘tmay “Shanxay Shenhxua” bir o‘yinchisini yo‘qotib, kamchilikda qolib ketdi va intriga deyarli so‘ndi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenhxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing