Qatarda barcha futbol turnirlari noma’lum muddatga to‘xtatildi

Qatar futbol assotsiatsiyasi mamlakatda o‘tkaziladigan barcha futbol uchrashuvlari va musobaqalarini vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qildi. Qayta start beriladigan sana hozircha yo‘q — turnirlar keyingi bildirishnomagacha bekor qilingan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu vaziyat fonida Finalissima o‘yinining boshqa joyga ko‘chirilishi ehtimoli ham paydo bo‘ldi. Argentina va Ispaniya terma jamoalari mart oyining oxirida aynan Qatarda sovrin uchun bahs olib borishi kerak edi.
Avvalroq AQSH Eron hududiga qarshi harbiy amaliyot boshlanganini e’lon qilgandi. Mojaro bir qator davlatlarga, jumladan Qatarga ham ta’sir ko‘rsatdi. Hozir mintaqadagi xavfsizlik holati og‘irlashgani sabab futbol o‘yinlarini o‘tkazish mumkin emas.
Yozda AQSH, Kanada va Meksika jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Umid shuki, o‘sha paytga borib dunyo bo‘ylab vaziyat barqarorlashadi va xavfsizlik ta’minlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!