OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini keyinga qoldirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) mintaqaviy Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida Abu-Dabi, Dubay va Dohada bo'lib o'tishi kerak bo'lgan uchrashuvlar boshqa muddatga ko'chirilganini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qarorga Eron, AQSh va Isroil o'rtasidagi harbiy mojaro sabab bo'ldi. Xabarga ko'ra, Eron tomonidan uchirilayotgan snaryadlar AQSh bazalari joylashgan qo'shni davlatlar hududlariga ham yetib bormoqda.
OFK bayonotida tashkilot vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etishi va futbolchilar, jamoalar, rasmiylar hamda muxlislar xavfsizligini ta'minlash masalasida qat'iy pozitsiyada qolishi ta'kidlandi.
Uchrashuvlar 2 va 3 mart kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Hozircha o'yinlarning yangi sanasi yoki o'tkaziladigan manzili e'lon qilinmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!