date

Finalissima taqdiri bo‘yicha hozircha yakuniy qaror yo‘q

Finalissima taqdiri bo‘yicha hozircha yakuniy qaror yo‘q

Qatarda mintaqadagi harbiy harakatlar fonida barcha futbol musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi. Shu sabab Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi Finalissima uchrashuvi boshqa muddatga ko‘chirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mashhur jurnalist Gaston Edulning ma’lum qilishicha, hozirda UYeFA, KONMEBOL va FIFA vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibdi. Bir necha kun ichida tashkilotlar Qatar hukumati bilan birgalikda Finalissima bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Argentina va Ispaniya kubok uchun 27 mart, juma kuni bahs olib borishi kerak. O‘yin Qatarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil iyunidagi avvalgi Finalissimada Argentina Italiyani 3:0 hisobida yirik mag‘lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Finalissima taqdiri bo‘yicha hozircha yakuniy qaror yo‘q