date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Buriramga yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenshua» yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotgandi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi «Buriram Yunayted»ga qarshi o‘yin orqali turnir bilan xayrlashish oldidan hech bo‘lmasa munosib yakun yasashga urindi, biroq bu amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi.

Tez orada «Shanxay Shenshua» bir futbolchiga kam bo‘lib qoldi va bu holat o‘yindagi intriga deyarli yo‘qolishiga olib keldi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenshua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Buriramga yutqazdi