date

Ronaldu kelajagini hal qildi va Al-Nasrda qoladi

Ronaldu kelajagini hal qildi va Al-Nasrda qoladi

Krishtianu Ronaldu yaqinda «Al-Nasr»ning bir nechta uchrashuvlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidan norozi ekanini bildirdi. Shu fon’da portugaliyalik yulduz yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ammo 365Scores xabariga ko‘ra, Ronaldu shartnomasi yakuniga qadar — 2027 yilning o‘rtalarigacha «Al-Nasr»da qolishga qaror qilgan. Hujumchi Saudiya Arabistoni investitsiya jamg‘armasi vakillaridan jamoani kuchaytirish uchun top futbolchilar transferi bo‘yicha kafolat olgani aytilmoqda.

Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Al-Ahli» ikki ochko ortda, uchinchi «Al-Hilol» esa uch ochko kam to‘plagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu kelajagini hal qildi va Al-Nasrda qoladi