date

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini BAA va Qatarda ko'chirdi

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini BAA va Qatarda ko'chirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) mintaqaviy Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi bir qator uchrashuvlar o‘tkazilish joyi o‘zgartirilganini ma’lum qildi. Avval Abu-Dabi, Dubay va Dohada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yinlar boshqa muddatga qoldirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qarorga Eron, AQSH va Isroil o‘rtasidagi harbiy keskinlik sabab bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, Eron snaryadlari qo‘shni davlatlar hududiga ham yetib borayotgani, u yerlarda esa AQSH harbiy bazalari joylashgani xavotirni kuchaytirdi.

OFK bayonotida tashkilot vaziyatni yaqindan kuzatishda davom etishi, futbolchilar, jamoalar, rasmiylar va muxlislar xavfsizligi ustuvor ekani ta’kidlandi.

Uchrashuvlar 2 va 3 mart kunlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgandi. Hozircha yangi sanalar yoki o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan manzillar e’lon qilinmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini BAA va Qatarda ko'chirdi