Lion va Nyukasl ilk besh daqiqalik gollar bo‘yicha peshqadam

Fransiyaning «Lion»i hamda Angliyaning «Nyukasl»i Yevropaning top-5 ligalari doirasida uchrashuvning dastlabki besh daqiqasida urilgan gollar statistikasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Lion» navbatdagi shunday tezkor golini yakshanba kuni Fransiya chempionatida «Marsel»ga qarshi o‘yinda urdi. Biroq bu gol jamoaga na g‘alaba, na durang olib keldi: «Marsel» o‘yin taqdirini o‘zgartirib, «to‘quvchilar»ning yorqin g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi.
Hozircha «Lion» va «Nyukasl» hisobida ilk 5 daqiqada kiritilgan 6 tadan gol bor. Ulardan keyingi o‘rinlarda Ispaniyaning «Alaves»i va Myunxenning «Bavariya»si bormoqda — har ikkisi ham uchrashuvlarning dastlabki besh daqiqasida 5 tadan gol urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!