Finalissima o'yini bo'yicha yakuniy qaror hali chiqarilmadi

Mintaqadagi qurolli to'qnashuvlar fonida Qatarda barcha futbol musobaqalari vaqtincha to'xtatildi. Shu sabab Finalissima — Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi bahs — boshqa sanaga ko'chirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mashhur jurnalist Gaston Edulning ma'lumotiga ko'ra, hozirda UYeFA, KONMEBOL va FIFA vaziyatni kuzatmoqda va shoshilinch xulosa chiqarmay turibdi. Bir necha kun ichida ushbu tashkilotlar Qatar hukumati bilan birgalikda Finalissima masalasida qaror qabul qiladi.
Argentina va Ispaniya jamoalari sovrinni 27 mart, juma kuni o'ynab berishi kerak. Uchrashuvni Qatarda o'tkazish rejalashtirilmoqda.
Avvalgi Finalissima 2022 yil iyunida bo'lib o'tgan va unda Argentina Italiyani 3:0 hisobida yirik mag'lub etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!