date

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini garov mojarosi qamoqqa yetaklashi mumkin

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini garov mojarosi qamoqqa yetaklashi mumkin

Turkiyaning ikki grandi — «Galatasaray» va «Fenerbahche» safida to'p suradigan futbolchilarga garov o'yinlarida ishtirok etgani uchun qamoq jazosi tahdid solmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap «Galatasaray» futbolchisi Metehan Baltadji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Ularning birinchisi 13 yilgacha, ikkinchisi esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Sabah nashri ma'lumotiga ko'ra, Baltadji kamida ikki bor «Galatasaray» ishtirokidagi o'yinlarga pul tikkan. U uchrashuvlarda asosiy tarkibda bo'lmagan, biroq qaydnomaga kiritilgan — bu esa futbolchi natijaga bilvosita ta'sir ko'rsatishi mumkinligi haqidagi savollarni kuchaytiradi.

Amaldagi Turkiya qonunchiligiga ko'ra, u bukmekerlik idoralariga professional sportchi ekanini bildirishga majbur bo'lgan, biroq bu talab bajarilmagani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini garov mojarosi qamoqqa yetaklashi mumkin