Sarri Torino magʻlubiyatidan keyin Latsioni tanqid qildi

Italiya A Seriyasining 27-turi Rim jamoalari uchun omadsiz kechdi: «Roma» ham qiynaldi, «Latsio» esa safarda mavsumda notekis oʻynayotgan «Torino»ga imkoniyatni boy berdi. Maurchio Sarri shogirdlari raqibning soʻnggi uchrashuvlarda koʻp gol oʻtkazib yuborayotganiga qaramay, bu gal ham natijani oʻz foydasiga burib keta olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin «burgutlar» ustozi o‘yindagi asosiy muammo sifatida asabiylik va jangovar epizodlarda sustlikni ko‘rsatdi. «Biz nerv tarangligi fonida yutqazdik, raqibda esa ijodiy va ijobiy energiya ko‘proq edi. Qaytgan to‘plar va ikkinchi temp uchun kamroq kurashdik — menimcha, bu juda gapiradigan ko‘rsatkich. Statistika bizda golli vaziyatlar ko‘proq bo‘lganini aytadi, lekin bu aldov: ularning imkoniyatlari ancha o‘tkir edi va kutilmaganda yuzaga kelardi», — dedi Sarri (cittaceleste.it).
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng «Latsio» A Seriya turnir jadvalida 10-o‘ringa tushib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!