Nagelsmann Noyerning qaytishi haqida aniq fikr bildirdi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann darvozabon Manuel Noyerning milliy jamoaga ehtimoliy qaytishi mavzusiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
OAVda hanuz «Bavariya» sardori, yaqinda 40 yoshni qarshilaydigan tajribali posbonni yana terma jamoaga chaqirish mumkinligi haqida gap-so‘zlar to‘xtagani yo‘q. Ayrim taxminlarga ko‘ra, u Jahon chempionati oldidan bundestimning darvozabonlar borasidagi muammosini yumshatib berishi mumkin.
«Men bu masala bo‘yicha pozitsiyamni aniq aytganman, Manu ham hammasini ravshan qilib qo‘ygan. U terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan. Hozir ham “Bavariya”da o‘z ishini juda yaxshi bajaryapti, biroq bizda Baumann degan boshqa ajoyib darvozabon bor. Oli shu darajada o‘ynashda davom etsa, Jahon chempionatini ham yuqori saviyada o‘tkazadi», — dedi Nagelsmann Kicker bilan suhbatda.
Manuel Noyer 2024 yilda Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini tugatgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!