date

Messi Maradona bilan ilk tanishuvi qanday bo‘lganini aytdi

Messi Maradona bilan ilk tanishuvi qanday bo‘lganini aytdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi argentinalik futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qachon va qanday uchrashgani haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messining so‘zlariga ko‘ra, ularning birinchi uchrashuvi televideniyedagi “La noche del 10” ko‘rsatuvi paytida bo‘lgan. Futbolchini ushbu dasturga aynan Maradonaning o‘zi taklif qilgan.

“Taklif oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. U yerda yaqinlarim ham bor edi: otam, amakim, amakivachchalarim. Ularning hammasi Maradona bilan tanishdi. Bu unutilmas lahza bo‘lgan”, — dedi Messi.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk tanishuvi qanday bo‘lganini aytdi