Ronaldu transfer kafolatlaridan so'ng Al-Nasrda qoladi

Krishtianu Ronaldu yaqinda “Al-Nasr”ning bir nechta o'yinlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidan norozi ekanini bildirgandi. Shu fon’da portugaliyalik yulduz yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida gap-so'zlar ham tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq 365Scores xabariga ko'ra, Ronaldu shartnomasi yakunigacha, ya'ni 2027 yil o'rtalarigacha “Al-Nasr” safida qolish qarorini qabul qildi. Manbaga ko'ra, hujumchi Saudiya Arabistoni investitsiya jamg'armasi vakillaridan top-futbolchilar transferi bo'yicha aniq kafolatlarni olgan.
Ayni paytda “Al-Nasr” Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi “Al-Ahli” ikki ochko ortda, uchinchi “Al-Hilol” esa uch ochko farq bilan ta'qib qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing