Konferensiyalar ligasida yarimfinal juftliklari aniq bo‘ldi

Yevropa klublarining yana bir qiziqarli turniri — Yevropa Konferensiyalar ligasida chorak final bosqichi o‘z yakuniga yetdi va yarim finalda ishtirok etadigan jamoalar nomi maʼlum bo‘ldi.
Qizg‘in bahslardan so‘ng Ukrainaning “Shaxtyor”, Angliyaning "Kristal Pelas", Ispaniyaning "Rayo Valekano" hamda Fransiyaning “Strasburg” klublari yarim finalga yo‘l oldi.
Endi final yo‘llanmasi uchun kurash quyidagi juftliklarda davom etadi:
— “Shaxtyor” – “Kristal Pelas”
— “Rayo Valekano” – “Strasburg”
Bu qarama-qarshiliklar muxlislar uchun kutilmagan natijalar va intrigaga boy bo‘lishi kutilmoqda. Har bir jamoa finalga chiqish uchun bor kuchini ishga solishi tabiiy.
Maʼlumot o‘rnida, yarim final bosqichining dastlabki uchrashuvlari 30 aprel kuniga belgilangan. Javob bahslari esa 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Shu tariqa, turnir hal qiluvchi bosqichga kirib bordi va endi har bir o‘yin taqdir hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!