Elit OCHL. "Vissel Kobe" dramatik bahsda "As Sadd"ni mag‘lub etdi

Elit OCHL. "Vissel Kobe" dramatik bahsda "As Sadd"ni mag‘lub etdi
Qisqacha

Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finalida Yaponiya vakili "Vissel Kobe" Qatarning "As Sadd" jamoasini dramatik bahsda mag'lub etdi. O'yin asosiy va qo'shimcha vaqtlarda 3:3 hisobida yakunlanib, g'olib penaltilar seriyasida (5:4) aniqlandi. Natijada Roberto Mancini boshqaruvidagi "As Sadd" turnirdan chiqdi, yaponlar esa yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Osiyo klub futbolidagi nufuzli musobaqa — Osiyo Chempionlar ligasining markazlashgan formatda o‘tayotgan chorak final bahslariga start berildi. Ilk uchrashuv esa haqiqiy dramatik ssenariy asosida kechdi.

Qatarning "As Sadd" hamda Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoalari o‘rtasidagi bahs muxlislarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Uyin davomida qatarliklar 3:1 hisobida oldinda borayotganiga qaramay, so‘nggi daqiqalarda ustunlikni saqlab qola olmadi.

Yaponiyaliklar matonat ko‘rsatib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni tenglashtirdi — 3:3. Shu tariqa, asosiy vaqt va qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib aniqlanmadi.

Taqdir penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Asabiy zarbalarda "Vissel Kobe" futbolchilari 5:4 hisobida ustun kelib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga, mashhur murabbiy Roberto Manchini boshqaruvidagi “As Sadd” uchun musobaqa shu bosqichda yakunlandi.

Uchrashuvda Mujika dubl qayd etgan bo‘lsa, Firmino ham gollardan biriga mualliflik qildi. Yaponiya jamoasi safida esa Osako, Ideguchi va Muto o‘z nomini tabloga yozdirdi.

Elit OCHL. Chorakfinal

AS Sadd – Vissel Kobe 3:3 (penaltilar seriyasi: 4:5)

Gollar: Mujika 6, 61, Firmino 66 – Osako 24, Ideguchi 74, Muto 90+3

Bu o‘yin yana bir bor futbolda so‘nggi hushtakkacha kurashish qanchalik muhim ekanini ko‘rsatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar