date

“Barselona” Bastoni bo‘yicha “Inter” bilan muzokarani boshladi

“Barselona” Bastoni bo‘yicha “Inter” bilan muzokarani boshladi

“Barselona” himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Alessandro Bastoni bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani maʼlum bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

Endilikda asosiy bosqich klublar o‘rtasidagi transfer narxi bo‘yicha muzokaralarga borib taqalmoqda. Manbalarga ko‘ra, “Inter” Milan shartnoma doirasida qo‘shimcha futbolchi talab qilishi mumkin.

Aytilishicha, italiyalik klub “Barselona” tarkibidan bir futbolchini kelishuvga qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda. Asosiy nomzod sifatida Hektor Fort tilga olingan.

Maʼlumot uchun, Bastoni joriy mavsum Seriya Ada 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan. Uning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar kuchda qoladi.

Hozircha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va transfer bozorida bu bitim mavsumning eng qiziq mavzularidan biriga aylanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Barselona” Bastoni bo‘yicha “Inter” bilan muzokarani boshladi