Mirzacho‘lda mansabdor pora olayotganda qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish1.6K
Mirzacho‘lda mansabdor pora olayotganda qo‘lga olindi

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari umumiy ovqatlanish maskanida o‘tkazilgan tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, u ushbu holatni “yopib yuborish” hamda hujjatlarni sudga yo‘llamaslik evaziga 3 million so‘m talab qilgan. Bu orqali u rasmiy jarayonni suiisteʼmol qilishga uringani aytiladi.

Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan. Mansabdor shaxs pulni umumiy ovqatlanish maskani rahbaridan olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Rasmiylar fuqarolarga bunday holatlarga duch kelganda 1520 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkinligini eslatib o‘tdi. Shuningdek, murojaat qiluvchilarning shaxsiy maʼlumotlari maxfiy saqlanishi kafolatlangani taʼkidlandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?