Surxondaryo va Xorazmda yirik narkotik partiyasi ushlandi

1 daqiqa o'qish1.7K
Surxondaryo va Xorazmda yirik narkotik partiyasi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo va Xorazm viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ikki yirik holatda katta miqdordagi giyohvand moddalar fosh etildi.

Birinchi holatda Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan va avval sudlangan shaxs Urganch tumani hududida to‘xtatilib tekshirilganda uning yonidan 4 kg 407 gramm “opiy” moddasi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Ikkinchi holatda “Beruniy–Urganch” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lasetti” avtomobili Urganch tumanidagi “Cholish” YPX maskanida to‘xtatilib tekshirilgan. Unda bo‘lgan, 2002 yilda tug‘ilgan va muqaddam sudlangan shaxsga tegishli 4 kg 541 gramm “opiy” moddasi borligi aniqlangan.

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, har ikki holatdagi gumonlanuvchilar Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan narkotik moddalarni Xorazm viloyati hududida sotishni rejalashtirgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va sud qarori bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Rasmiylar fuqarolarni bunday holatlarga befarq bo‘lmaslikka chaqirib, 1520 qisqa raqami orqali zudlik bilan xabar berish mumkinligini eslatdi. Shaxsiy maʼlumotlar maxfiyligi to‘liq kafolatlanishi taʼkidlandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?