date

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilari stavkalar sabab qamalishi mumkin

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilari stavkalar sabab qamalishi mumkin

Turkiyaning ikki yirik klubi — «Galatasaray» va «Fenerbahche» vakillari bo‘lgan futbolchilarga stavkalarda ishtirok etgani uchun qamoq jazosi tahdid solmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap «Galatasaray» futbolchisi Metehan Baltadji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, Baltadjiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish xavfi bor.

Sabah nashri ma’lumotiga ko‘ra, Baltadji kamida ikki marta «Galatasaray» o‘yinlariga stavka qo‘ygan. U ayrim uchrashuvlarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq qaydnomadan joy olgan — bu esa nazariy jihatdan o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatish imkonini ham yuzaga keltiradi.

Amaldagi Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, futbolchi bukmekerlikda ro‘yxatdan o‘tayotganda o‘zining professional sportchi ekanini ko‘rsatishi shart bo‘lgan, ammo u buni bajarmagani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray va Fenerbahche futbolchilari stavkalar sabab qamalishi mumkin