date

Ronaldu kelajagini hal qildi va Al Nasrda qoladi

Ronaldu kelajagini hal qildi va Al Nasrda qoladi

Krishtianu Ronaldu yaqinda «Al-Nasr»ning bir nechta uchrashuvlarida maydonga tushmay, klubdagi boshqaruv masalalaridan norozi ekanini bildirib qo‘ydi. Shu fon’da yulduz hujumchi yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar ham tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ammo 365Scores manbasiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi shartnomasi yakunigacha, ya’ni 2027 yil o‘rtalariga qadar «Al-Nasr» safida qolishga qaror qilgan. Xabarda aytilishicha, Ronaldu Saudiya Arabistoni investitsiya fondi vakillaridan jamoaga top-darajadagi futbolchilarni olib kelish bo‘yicha kafolatlar olgan.

Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o‘rindagi «Al-Ahli» ikki ochko ortda bormoqda, uchinchi «Al-Hilol» esa yetakchidan uch ochkoga ortda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu kelajagini hal qildi va Al Nasrda qoladi