Ronaldu jarohat oldi va maydonni erta tark etdi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Al-Feyha"ga qarshi shanba kungi uchrashuvda majburan almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yin Jorje Jezush jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. 41 yoshli forvard uchrashuvda gol ura olmadi, 11-daqiqada esa penaltidan ham foydalana olmadi. Bahs oxirlarida yulduz futbolchini maydondan olishga to'g'ri keldi. Al Nassr Zone saudiyalik OAVga tayanib xabar berishicha, Ronaldu son orqa payi (hamstring) sohasidan jarohat olgan. Agar oddiy cho'zilish bo'lsa, tiklanish 3–5 kunni oladi. Mushak uzilishi aniqlansa, futbolchi ikki hafta yoki undan ko'proq muddatni o'tkazib yuborishi mumkin.
Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida 22 o'yinda 21 ta gol muallifi bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!